So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

18 jan 10:38
Yangiliklar

SHaxmat

Tashqi ishlar vazirligi va JIDU vakillari shaxmat taxtasida kuch sinashdi FOTOREPORAJ

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko'magida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan shaxmat turniri o'tkazildi.

Turnirda vazirlik xodimlari, universitet professor-o'qituvchi va talabalaridan iborat yuzga yaqin havaskor shaxmatchi qatnashdi.

Musobaqaning rasmiy ochilish marosimida Tashqi ishlar vazirligi va universitet mutassaddilari turnir ishtirokchilarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasini rivojlantirish, xususan, ommaviy sportni qo'llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar takidlandi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 yanvardagi «SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori mazkur sport turini aholi o'rtasida keng targ'ib etish va rivojlantirishda dasturilamal bo'lishi qayd etildi.

Turnir rapid yo'nalishida Olimpiya tizimida, FIDE qoidalari bo'yicha o'tkazildi. O'yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalanildi.

— Tashqi ishlar vazirligi tomonidan talabalarimizga ajoyib sport bayrami tashkil etib berilgani uchun minnatdorlik bildiramiz, — dedi universitet prorektori Laziz  Mingishov. —  Sport turlari ichida shaxmat yoshlar tarbiyasi va  ularning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. SHaxmat olami o'zining nozik jihatlari, taktik sxemalari bilan insonni o'ylashga va aniq qarorlar qabul qilishga undaydi. SHu tomondan bugungi turnir  professor-o'qituvchilarimiz va talabalar uchun foydali bo'ldi, deb o'ylayman. Vazirlik bilan hamkorlikda bunday musobaqalarni muntazam o'tkazishni rejalashtirganmiz.

Musobaqada  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining  2-kurs talabasi Temur Alixo'jaev birinchi, Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Osiyo, Yaqin, O'rta SHarq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi xodimi Ikrom Hayitboev ikkinchi va mazkur universitetning 4-kurs talabasi Fazliddin SHermatov uchinchi o'rinni egalladi.

— Bugungi turnir yoshlarimizning salohiyatini ko'rsatib berdi, — dedi musobaqa finalchisi Ikrom Hayitboev. — Universitet talabalari o'rtasida shaxmatni sevib o'ynaydigan yoshlarning ko'pligi bizni xursand qildi. Birinchi turdan boshlab qiyin raqiblarga ro'baro' keldim. Yarim finalda to'g'risi omad menga kulib boqdi. Final ostonasida qolib ketishim ham mumkin edi. Ammo raqibimning birgina xatosidan unumli foydalandim. SHaxmat shunday jihatlari bilan qiziq. Birgina xato qaror sizning mag'lubiyatingizga sabab bo'lishi mumkin. Hal qiluvchi bahs, guvohi bo'lganingizdek, juda murosasiz kechdi. Finalda kamdan kam uchraydigan  vaziyat kuzatildi. Yani bosh sovrin uchun kurashimizning  birinchi partiyasi durang bilan yakunlandi. Birinchi bahsda taktik jihatdan ustunlikni qo'lga olishga harakat qildim. Lekin raqib ham anoyilardan emas ekan. Hal qiluvchi partiyada oq donalarda o'ynagan raqibim butunlay strategiyani o'zgartirib, o'yinni o'z foydasiga hal qildi. Tan olish kerak, yoshlarning qo'li baland keldi. Ularga omad tilayman, hayotda ana shunday g'alabalar doimo hamroh bo'lsin.

Musobaqa g'olib va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan  diplom va  pul mukofotlari topshirildi.

Suratlar muallifi - Anvar Ilyasov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing