05 jan 11:34
Yangiliklar
Dzyudo
Tatil tugadi, oldinda masuliyatli mavsum. Dzyudochilarimiz ilk xorij yig'iniga yo'l olishdi
Bayram munosabati bilan elon qilingan qishki tatil o'z yakuniga etib, dzyudochilarimiz yana "ish"ga qaytishdi.
Bosh murabbiyi Andrey SHturbabin boshchiligidagi terma jamoamiz ilk xorij yig'inini o'tkazish maqsadida Avstriyaga jo'nab ketdi. Dzyudochilarimiz 5-12 yanvar kunlari Mitterzill shahrida o'tkaziladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi. Ushbu xalqaro yig'inda Muzaffarbek To'raboev alohida dastur bo'yicha shug'ullanadi.
Yilning ilk IJF musobaqasi Paris Grand Slam 2026 bo'lib, 7-8 fevral kunlari Franciya poytaxtida bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi esa 2026 yilgi mavsumni OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 (28 fevral - 1 mart) turniridan boshlaydi. Avstriyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini poytaxtimizda o'tadigan musobaqaga tayyorgarlikning ilk bosqichi bo'ladi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar