So’nggi yangiliklar

18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0 11:30Александр Усик 2026 йилги Жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди 0

25 dek 10:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz! 24-0. 12 oy ichida katta sakrashga erishgan "ukrainalik Xabib” haqida

Teglar :  Yaroslav Amosov
Pandemiya sababli yakunlanayotgan yilda ko'plab jangchilar bahslarda ishtirok eta olishmadi.

Xususan, Bellator promousheni ham fevral-iyul oylarida turnir tashkillashtira olmadi. Tashkilot ikkinchi yarim yillikda yaxshi harakat qilgan bo'lsa ham, chempionlar bittadan ortiq himoya jangida ishtirok eta olmadi. 

Bunday sharoitda "Yil jangchisi" bo'lishga davogarlik qilish mushkul. Lekin Yaroslav Amosov o'zining yorqin g'alabalari bilan hammani hayratga solishga muvaffaq bo'ldi.

Amosov aslida kim?

"Ukrainalik Xabib" 2018 yilda MMA olamining ikkinchi eng yirik tashkiloti Bellator bilan shartnoma imzoladi. SHartnoma imzolangunga qadar uning rekordi – 19-0 edi. Dastlabki ikki yilida Amosov uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. SHu tariqa, uning natijasi 2020 yilga kelib 22-0 ga etdi. SHu yilning 21 fevralida ukrainalik jangchi NSAA'ning uch karra chempioni, kurash ustasi Edom Rutga qarshi oktagonga ko'tarildi. Amerikalik Amosovga qarshi jangidan avval Bellatorda sakkizta bahsidan bittasida mag'lub bo'lgandi. Biroq, kievlik raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. G'alabadan so'ng Amosov MMA faxriysi, UFC kamariga sobiq davogar Jon Fitchga qarshi oktagonga ko'tarilishi kerak edi. Lekin, jangga oz vaqt qolganda nomalum sababga ko'ra bekor qilindi. SHunga qaramasdan, Yaroslav yozda oktagonga qaytishga erishdi. U 21 avgustda Bellator 244 turnirida Mark Lemmingerni muddatdan avval mag'lub etdi. Bu g'alaba 2020 yil uchun oxirgisi bo'lmadi. 27 yoshli jangchi 12 noyabr Bellator 252 kechasida engilmas sportchi Logan Storli(11-0)ga qarshi bahs olib bordi. Uch raundga mo'ljallangan to'qnashuv to'liq davom etdi. Dastlabki ikki raundni o'z foydasiga hal qilgan Amosov uchinchi raundda jiddiy qarshilikka uchradi. SHunga qaramasdan, hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi. Bu uning faoliyatidagi eng qiyin g'alabasi edi. G'alabaga qanday erishganiga qaramasdan, 2020 yilda Amosov bevosita kamarga davogarlik qilayotgan uch jangchini mag'lub qilishga erishdi. Bu g'alabalari uchun Bellator'ning eng yaxshi jangchisi bo'lishga haqli.

2021 yil uchun rejalar…

Kelayotgan yil Yaroslav uchun haqiqiy o'sish bo'lishi mumkin. Katta ehtimol bilan Amosov navbatdagi jangini tashkilotning yarimo'rta vazn chempioni Duglas Limaga qarshi o'tkazadi. Yaroslavning o'zi ham bir necha bor Limaga qarshi jang qilish istagi borligini aytdi.

“Oltita muvaffaqiyatli jangimdan so'ng, chempionlik bahsiga haqliman deb o'ylayman. Vaznimdagi jangchilar orasida faqatgina men to'qqiz oy ichida uchta jangda ishtirok etdim. Yana kim bunday natijaga erishdi? Menga kamar kerak. Agar keyingi jangim chempionlik uchun bo'lsa, men uni qo'lga kiritaman»,-dedi Amosov.

Ko'rib turganingizdek, Yaroslav nafaqat kuchli va istedodli jangchi balki hurmatga loyiq inson. Yaqin vaqt ichida u chempion bo'lishi mumkin, shuningdek, «ukrainalik Xabib” nomini to'liq oqlashi mumkin. CHechenistonlik chempionning natijasi 29-0. Hozircha, Amosovda 24 ta g'alaba mavjud. Xabibning natijasini takrorlash uchun esa 4 ta g'alabali bahs qoldi.

Umid qilamizki, Yaroslav uchun 2021 yil omadli keladi va u bekorga "ukrainalik Xabib" nomini olmaganini isbotlaydi…

Reyting:    

Fikrlar

+1   
25 dek 12:32:16
CHELSEA2211
Limadan kamardi oladi va rekordni yangilasa kerak... Katta extimol UFC kelib qolsa ajablanmemiz...
   
25 dek 21:39:31
Mironsho Jabborov
Bellatorda kamarni olgandan keyin UFC ga keladi menimcha. Faqat bir narsa uni "ukainalik Xabib" deb atashmasin itimos. Yangi ism yangi laqab yangi yulduz yangi chempion umuman yangisini koraylik. Uni ornida bolsam ozmni nomimni qoldirardim. Bowqa sportchini ismini ozmga laqab qilmasdim uni soyasiga qolib ketishni xohlamasdim.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing