So’nggi yangiliklar

20:39Ҳавасбек Асадуллаев 19-0 рекордли рақибини мағлубиятга учратди 0 20:20Роналду "Ал Насср" билан янги шартномасига кўра дақиқасига 327 фунт ишлаб топади 0 19:58Рой Жонс Усикни буюк супероғир вазнлилар рейтингида нечанчи ўринда кўришини айтди 0 19:37Икки сузувчимиз иштирок этган Дубайдаги мусобақани 5 та медал билан якунладик 0 19:16ТАВСИЯ ҚИЛАМИЗ: UFC'нинг сўнгги 10 йилликдаги энг яхши 10 та турнири 0 18:55БАА – Ўзбекистон учрашуви учун ўзбекистонлик мухлисларга нечта чипта тақдим этилади? 0 18:34Турки ал аш-Шейх Саудия Арабистонида янги лавозимга эга бўлди 0 18:13Шаҳрам Ғиёсов Жейрон Эннис билан чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 17:52"UFC'да Жонс ва Аспиналлдан бошқа оғир вазнлилар - аҳмоқлар" - Туиваса 0 17:31Элит ОЧЛ қайтмоқда. Бугун чорак финалга старт берилади 0 17:10GFL'да жанг қилиши айтилган Ҳумоюн Тўхтамуродовнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 16:49Белбоғли курашчиларимиз Ашхободдаги мусобақада шоҳсупага кўтарилишди 0 16:28Дрикус дю Плесси: "Мен жароҳат олганим йўқ, жанг борасида аллақачон келишиб олганмиз" 0 16:07Англия топ-клублари "Golden Boy"га даъвогар футболчи учун курашмоқда 0 15:46Усик - Дюбуа реванш жанги санаси маълум қилинди 0

25 apr 19:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

TAVSIYA QILAMIZ: UFC'ning so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi 10 ta turniri

Teglar :  UFCUFC turnirlari
Bu reyting emas, shunchaki eng yaxshi 10 ta turnir.

UFC 189: MakGregor – Mendes

Yodda qolarlisi: Robbi Louler – Rori MakDonald jangi, Konor MakGregorning vaqtincha chempionlik unvoni.

Asosiy karddagi beshta jangning hech biri hakamlar qarorigacha etib bormagan. SHuningdek, bir nechta kambeklar. Avvaliga, Tomas Almeyda mag'lubiyatga uchray turib, Bred Pikettni tizza zarbasi orqali nokaut qildi. Keyin Gunnar Nelson — taxminlarga qarshi borib prospekt Brendon Tatchni nokaut qildi. So'ng oktagonga Jeremi Stivens va Dennis Bermudes chiqishdi. Ikki mag'lubiyatdan keyin, Stivens UFCdan haydalishga kelib qolgan edi. Birinchi raundda Bermudes favorit maqomini oqlagan holda jangni boshqardi, ammo Stivens ikkinchi raundda bosimni oshirib, uchinchi raundda uni tizza zarbasi bilan nokaut qildi.

Co-main event'da Robbi Louler va Rori MakDonald UFC tarixidagi eng yaxshi janglardan birini ko'rsatishdi. Jang arg'imchoq tebranishini eslatardi. Rori yaxshi boshladi, ammo Louler tashabbusni qo'lga oldi. Tashabbus u tomonga o'tdi deganda, Rori uni xay-kik bilan deyarli nokaut qildi. Robbi butun bir daqiqa davomida mag'lubiyat yoqasida bo'ldi, ammo o'zini yig'ib olib, beshinchi raund boshida MakDonaldni nokaut qildi.

Nihoyat, asosiy jangda Konor MakGregor vaqtincha chempionga aylandi, garchi jang u uchun oson kechmagan bo'lsa-da... Ikki raund davomida Mendes uni parterda ushlab turdi, ammo raund oxiriga kelib charchadi va MakGregorga turgan holda zarba berish imkoniyatini berdi. irlandiyalik sportchi esa bu imkoniyatdan unumli foydalanib, g'alabani ilib ketdi.


UFC 194

Tarixiy voqea: MakGregorning Aldoni 13 soniyada mag'lub etishi

Ha, aynan shu turnirda tarixiy nokaut ro'y bergan — MakGregor 13-soniyada Aldoni nokaut qilib, UFC tarixidagi eng "olovli" raqobatlardan biriga nuqta qo'ydi va chempion bo'ldi.

Co-main event'da Lyuk Rokxold to'rtinchi raundda Kris Uaydmanni mag'lub etib, o'rta vaznda chempionga aylandi. O'sha paytda bu vaznda yangi davr boshlandi deb o'ylashgandi, ammo Rokxold birinchi imkondayoq "so'nib qoldi".

Yana bir jangda "Jakare" Souza va Yoel Romero kuch sinashdi — ularning jami 15 ta ketma-ket g'alabasi bor edi. Yoel bahsli qaror bilan g'alaba qozondi, ammo dopingdan o'ta olmay, diskvalifikaciya qilindi, natijada bu g'alaba unga foyda keltirmadi.

Kardni Maks Xollouey ochib berdi — u o'z uslubida Jeremi Stivensni engdi. Ikkinchi jangda Demyan Mayya Gunnar Nelsonga jiu-jitsu saboqlarini berib qo'ydi. 


UFC 199

Bu turnir UFC 200 soyasida qolishi kutilgan edi, ammo amalda barcha jihatda yubiley turnirni ortda qoldirdi. Prelim janglardayoq Brayan Ortega boy berilayotgan jangda Kley Guidani tizza zarbasi bilan nokaut qildi.

Asosiy kard ikki nokaut bilan boshlandi: Dastin Pore Bobbi Grinni nokaut qildi, keyin esa Den Xenderson Gektor Lombardni yiqitdi.

Uchinchi jangda Maks Xollouey Rikardo Lamasni uch raund davomida kaltakladi va jang oxirida urush taklif qildi. Bu jang orqali u muxlislar mehri qanday qozonilishini ko'rsatdi.

Co-main event jangda Dominik Kruz Yurayya Feyberni osonlik bilan engdi. Ushbu jangdan so'ng u Feyberning shogirdi Kodi Garbrandt bilan tortishib qoldi. Keyinchalik ular ham o'zaro jang qilishgan.

Asosiy jangda Lyuk Rokxold o'zini g'olibdek tutayotgandi. Lekin Bisping birinchi raunddayoq uni nokaut qildi. SHu sababli, eng zo'rlar bilan janglar tashkil etilishning o'rniga, barcha Bispingning davogarlardan qochishi va reytingda 14-o'rindagi Xenderson bilan jang qilishini ko'rdi. 



UFC 202

UFC 200dan 1,5 oy o'tib, Konor MakGregor Neyt Diazga qarshi revansh jangiga chiqdi. Bu jang yuqori darajadagi sotuvni kafolatlar edi. Co-main event'da Entoni Jonson – Glover Teysheyra jangi bo'ldi. Donald Serrone ham bu turnirda qatnashdi.

Turnir nokautlar o'chog'iga aylandi. Tim Mins Xomasini nokaut qildi, Mayk Perri debyutida raqibini erga yiqitdi. Serrone Rik Storini udumlashgan kombinaciya bilan mag'lub etdi. Jonson esa Teysheyrani 13 soniyada yiqitdi.

Asosiy jang esa turnirning bezagiga aylandi. Ilk ikki raundda MakGregor Diazni qattiq do'pposladi. Ammo uchinchi raundda u charchadi, Diaz esa faollashdi. MakGregor qiyin vaziyatdan chiqib ketib, to'rtinchi raundni yutdi va beshinchi raundda strategik harakat bilan g'alabani mustahkamladi.


UFC 205

Bu — Nyu-Yorkdagi birinchi turnir edi. UFC esa MMAning kuchini namoyish qilish imkoniyatni qo'ldan boy bermasdi. Kard ajoyib nomlarga ega edi. Aynan shu turnirda Xabib - Konor qarama-qarshiligi boshlandi. Xabib Nurmagomedov Maykl Jonsonni "yo'q qilib", Konorni jangga chaqirdi va uni "jo'ja" deb atadi. Misha Teyt mag'lubiyatdan so'ng faoliyatini yakunladi.

Yoel Romero Uaydmanni tizza zarbasi bilan dahshatli nokaut qildi. Yoanna Endjeychik Valeri Leturnoni to'liq ustunlik bilan engdi.

Co-main event jangda Vudli – Tompson eng yaxshi jangni namoyish etib berishdi. Birinchi raundda Vudli kurash bilan ustunlik qildi, keyingi ikkisida Tompson. To'rtinchi raundda Vudli g'alabaga yaqin bo'ldi, beshinchida Tompson qayta ustunlik qildi. Natija — ko'pchilikning qaror bilan durang qayd etildi.

Asosiy jangda MakGregor engil vazn toifasi chempioni Eddi Alvaresni "eb tashladi" va tarixda ikki vaznda chempionlikka ega bo'lgan ilk jangchiga aylandi.



UFC 217

Oradan roppa-rosa bir yil o'tib, UFC yana Nyu-Yorkka qaytdi va tarixidagi eng yaxshi turnirlardan birini taqdim etdi. SHou prelim karddayoq boshlandi: Ovins Sent-Pryu Kori Andersonni og'ir nokautga uchratdi. Jeyms Vik Jozef Daffini taslim etdi. Asosiy kard esa Paulo Kosta Jonni Xendriksni nokaut qilish bilan boshladi.

So'ngra Stiven Tompson zarbalar almashinuvida Xorxe Masvidalni "sindirdi". Uchinchi jangda Rouz Namayunas sensacion tarzda Yoanna Endjeychikni nokaut qildi. Co-main event jangda Ti Jey Dillashou Kod Garbrandtni o'ta keskin va tortishuvli jangda mag'lub etib, kamarini qaytib oldi.

"Desert" esa Jorj Sent-Perning qaytishi edi. Kanadalik afsona Maykl Bispingni mag'lub etib, o'rta vazndagi kamarni qo'lga kiritdi. Bisping o'z vaqtida faqat “pensionerlar”ga qarshi unvon himoya qilganligi bilan “mashhur” edi.


UFC 229

Promoushen tarixdagi eng ko'p sotilgan turnir. 2.4 million PPV! Sababi — MakGregor va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jang. Bu qarama-qarshilik ancha oldin shaxsiy darajaga o'tib ketgandi. Bu — MMA tarixidagi eng katta jang. Xabib g'alaba qozondi va to'siqdan sakrab chiqib, Dillon Denis bilan janjal boshladi. Buni barcha eslasa kerak.

Co-main event jangda Toni Fergyuson qonli to'qnashuvda Entoni Petticni engdi. Dominik Reyes Ovins Sent-Pryuni mag'lub etdi, Derrik Lyuis esa rossiyalik Aleksandr Volkovni oxirgi soniyalarda nokaut qildi.


UFC 261

Yana bir turnir: asosiy karddagi barcha janglar muddatidan oldin tugadi.

Entoni Smit — Jimmi Krutni shu darajada urdiki, shifokor uni ikkinchi raundga chiqishiga ruxsat bermadi. Keyin Kris Uaydman — Yurayya Xollga qarshi jangda oyog'ini sindirdi, xuddi bir paytlar Silva Uaydmanga qarshi sindirganidek.

Valentina SHevchenko o'z faoliyatidagi eng zo'r chiqishlaridan birini ko'rsatdi - Jessika Andradeni tirsak zarbalari bilan mag'lub etdi. Co-main event jangda Rouz Namayunas — Veyli Janni xay-kik bilan nokaut qilib, kamarini qaytib oldi.

Asosiy jangda esa Kamaru Usman Xorxe Masvidalni nokaut qildi.



UFC 268

Janglar to'liq javom etganiga qaramay, qarorlarga qaramasdan, tomoshabop turnir bo'lgan.

Jastin Getji va Maykl CHendler qonli va shiddatli jang o'tkazishdi — g'alaba Getjiga berildi. Hech kim bu jangni ortda qoldira olmasa kerak edi, ammo SHeyn Burgos va Bill Karantillo bunga qarshi chiqishdi va yanada “olovli” jang tashkil etib berishdi. 

Marlon Vera — Frenki Edgarni nokaut qildi. Co-main event jangda Rouz Namayunas — Veyli Jan ustidan yana bir bor g'alaba qozondi. Asosiy jangda esa Kamaru Usman — Kolbi Kovingtonni mag'lub etdi. Kolbi juda qattiq qarshilik ko'rsatdi, ammo Usman kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.


UFC 280 

Abu-Dabida yulduzli nomlarga ega turnir. SHon O'Mellining Petr Yan ustidan shubhali g'alabasi, Sterling Ti Jey Dillashouni muddatidan oldin mag'lub etgan va asosiy jangda Islam Maxachev CHarlz Oliveyrani bo'g'ish usulida mag'lub etib, engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. 


Ushbu turnirda shuningdek hamyurtimiz Mahmud Muradov bugungi kunda shov-shuv ko'tarishga urinayotgan Kayo Borraloga qarshi to'liq jang o'tkazib, ochkolar evaziga yutqazib qo'ygandi. SHuningdek, oktagon tashqarisida Xamzat CHimaev Abubakar Nurmagomedov bilan urishib ketgandi. Umuman olganda, UFC Abu-Dabida o'tkazadigan raqamli turnirlar doimo qiziq o'tgan. 


Siz uchun yana qaysi turnir yodda qolarli bo'lgan? 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing