So’nggi yangiliklar

20:02Сергей Фомин Кутаисидаги юришини бошлади 0 19:41"Реал" футболчиларига ЕЧЛ 1/2 финали учун ваъда қилинган мукофот пуллари очиқланди 0 19:20Тошкент-2027 Жаҳон чемпионати тақвими эълон қилинди 0 18:52"Унда бу нарса йўқ". Масвидаль Чимаевнинг Хабиб ва Махачевдан фарқини тушунтирди 0 18:26Хамзат Чимаев фақат реваншдан кейингина вазнини кўтариши айтилди 0 18:05Пеп Гвардиола: "ВАРга ҳеч қачон ишонмаганман" 0 17:38Девин Хейни Ломаченконинг рингга қайтиши ҳақидаги миш-мишга муносабат билдирди 0 17:17Сехудо Чимаевнинг кейинги рақиби ким бўлиши кераклигини айтди 0 16:45World Boxing беларуслик боксчиларга қўйилган чекловларни бекор қилди, россияликлар эса... 0 16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0 14:12ПСЖ сафида яна битта россиялик пайдо бўлиши мумкин 0 13:47Камару Усман Чимаевни ютқазмаган деб ҳисоблашини айтди 0

18 fev 20:10
Yangiliklar

Boks/MMA

TAVSIYA QILAMIZ: UFC'ning yangi qiroli - Topuriya! U vadasini bajardi va Volkanovskini nokaut qildi!

Bugun Anaxaym shahrida UFC 298 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy bahsida yarimengil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovski o'z kamarini davogar Iliya Topuriyadan himoya qilishi kerak edi.

Volkanovski o'tgan yilni engil va yarimengil vazn toifalarida o'tkazdi. Engil vaznda Islam Maxachev bilan to'qnash keldi, biroq ikkalasida ham engildi va so'nggi jangda avstraliyalik UFC'dagi ilk nokautli mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Yoddan chiqmas mag'lubiyatdan atigi to'rt oy o'tib chempionlikni himoya qilishga rostdan ham tayyormi yoki yo'qmi degan shubhalar paydo bo'ldi. To'g'ri, o'z vaznida Aleks hali ham engilmas edi. Topuriya bilan jangdan oldin u besh marta chempionlikni himoya qilgan. Oxirgi himoya o'tgan yilning iyul oyida bo'ldi va o'sha jangda Volkanovski Yair Rodrigesni nokautga uchratdi.

Iliya Topuriya - mag'lubiyatsiz, 14-0 hisobida professional rekordni qo'lga kiritgan, shulardan oltitasi UFC'dagi g'alaba. Oxirgi jangda Iliya faxriy Josh Emmett ustidan g'olib bo'ldi, hattoki, hakamlardan biri hisobni 50-42 ko'rsatdi. G'alaba ispaniyalik gruzinni reytingda uchinchi o'ringa olib chiqdi hamda chempionlik uchun kurashish imkoniyatini taqdim etdi. Jang oldidan Topuriya uning davri boshlanayotgani haqida ko'p gapirdi, matbuot anjumanida u Konor Makgregorning g'alati gaplarini takrorladi va birinchi raundda nokautga vada berib, jangni har tomonlama targ'ib qildi. Volkanovskiy esa, o'z navbatida, takabbur yigitga kamtarlik sabog'ini berish bilan tahdid qildi.

Topuriya oktagon markazini egallab oldi. Volkanovski turli qavatlardan zarbalar yo'llay boshladi. Iliya keskin hujumlarsiz oldinga o'tdi, lekin uning lou-kiklari juda xavfli edi. Raund oxiriga kelib bir nechta aniq zarbalar berdi, ammo jiddiy zarar etkazmadi. Bir narsa aniq - Iliya o'zining taniqli raqibini anchagina xavotirga soldi.

Ikkinchi raundning boshida Topuriya tomonidan yana bir qancha xavfli zarbalar bo'ldi va Volkanovski asosan uzoqdan oyoqlari bilan ishlashni davom ettirdi, lekin yaxshigina tasir qilgan jeb ham ishlatdi. Biroq, Aleks kuchli zarbani o'tkazib yubordi. Topuriya oktagon to'riga bir nechta zarbalar berdi, ulardan biri avstraliyalikni nokautga uchratdi!

Volkanovski uzoq vaqt davomida UFC yarimengil vazn toifasida etakchilik qildi, besh marta chempionlikni himoya qilgan, ammo yangi raqibning qarshiligiga dosh bera olmadi. Iliya Topuriya - yangi chempion va promoushenning yangi yulduzi!


Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing