So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

23 dek 17:24
Yangiliklar

Boks/MMA

TAVSIYA QILAMIZ: Usik Fyuriga qarshi. 20 yildan buyon kutilayotgan super jang!

Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

Boksda eng yaxshi jangchini aniqlash har doim qiyin bo'lgan. Aralash jang sanatida hammasi ancha sodda: UFC - asosiy promoushen, u jangchilar uchun jang tashkil qiladi va uning chempionlari bazi talablarga qarab, avtomatik ravishda sayyoradagi eng yaxshisi deb hisoblanadi. Ammo boksda bir vaqtning o'zida nufuzli kamarlarni tarqatadigan bir nechta boks tashkilotlari mavjud va kimgadir ustunlik berish mumkin emas. Mutlaq bo'lish niyatida bo'lgan bokschi uchun yagona yo'l - barcha jahon chempionlik kamarlarini birlashtirish. Ammo ko'plab tashkiliy sabablarga ko'ra buni qilish unchalik ham oson emas.

Misol uchun, og'ir vaznda 20 yildan ortiq mutlaq chempion bo'lmagan! Bunday unvonga oxirgi marta mashhur Lennoks Lyuis ega bo'lgan, ammo o'shanda "mutlaq" maqomiga ega bo'lish uchun hozirgidan kamroq kamar to'plash kerak edi. 2007 yilda Butunjahon boks tashkiloti tan olindi va endi sizda WBO kamari bo'lmasa mutlaq chempion deb hisoblash mumkin emas. Aka-uka Klichkolar, Roy Jons, Xasim Raxman, Devid Xey - bu yigitlar o'zlarining ulkan yutuqlariga qaramay, barcha unvonlarni birlashtirish haqida xayoliga ham keltirishmagan. Ammo endi vaqt keldi.

Hozir og'ir vazndagi asosiy kamarlarga faqat ikki kishi - ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri egalik qiladi. Aniqrog'i, deyarli barcha unvonlar qrimlik fuqaroning qo'lida, "Lo'lilar qiroli" esa faqat WBC kamariga egalik qiladi. Taysonning tresh-tokiga qaramay, ular hech qachon ringda uchrashishmaydigandek ko'rinardi. CHunki Usik jarohatlarga ishora qildi, Fyuri esa professional faoliyatini yakunladi va o'yin-kulgi uchun ochiq insonga aylandi. Ammo buyuk bokschilar baribir mutlaq chempionlik uchun kurashadi!

“Bokschilar bir-birlari bilan jang qilishga kelishib oldilar. Bu tugadi. Yana bir savol - jang qaerda bo'ladi? Biz Yaqin SHarqdan bir nechta taklif oldik. Bu mega jangni "Uembli" stadionida ham tashkil qilishimiz mumkin. Buni kelgusi haftalarda hal qilamiz. Jang qaerda bo'lmasin, bu katta voqea bo'ladi ", - dedi taniqli promouter Bob Arum Boxing Social YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Malumotni Usik manfaatlarini himoya qiluvchi Aleksandr Krasyuk ham tasdiqladi. Endi barcha savol superjang qaerda bo'lib o'tishida: "Ha, biz deyarli kelishib oldik. Endi bizning eng katta savolimiz - jang qaerda bo'lishida. Asosiy ish aynan shunga qaratilgan - Saudiya Arabistoni, Abu-Dabi, Qatar yoki London? Siz malumotlarga asoslanib arifmetik, matematik qaror qabul qilishingiz mumkin... Agar aniq takliflar bo'lmasa, nega biz to'rtta taklifga etibor qaratmaymiz?" - deya Krasyuk so'zlarini keltiradi ua.tribuna.com.

SHunday qilib aytishimiz mumkinki, Usik va Fyuri dueli albatta bo'lib o'tadi. Ha, voqea joyi va sanasi hali nomalum, ammo bu ikkinchi darajali tafsilotlar. Bizni chindan ham ajoyib jang kutmoqda! Aleksandrning tezligi va reakciyasi Taysonning gabariti va texnikasiga qarshi, kimning kozirlari kuchliroq bo'ladi? Albatta, "Lo'lilar qiroli" favorit deb hisoblanadi, ammo sensaciya qilish va kuchlilarni mag'lub etish ukrainalikka begona emas. Xo'sh, biz faqat kutishimiz mumkin: bu jang, albatta, jahon boks tarixiga kiradi.


Xorijiy sayt asosida Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing