So’nggi yangiliklar

10:38Андижон ҳокими ЖЧ совриндори Абдулло Алиевни уй билан мукофотлади (ВИДЕО) 0 10:12Хамзат Чимаев кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 09:45Бруну Фернандеш мавсумнинг энг яхшиси деб топилди 0 09:16Аёллар терма жамоамизнинг ҳам Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркиблари эълон қилинди 0 08:39"У ичиб олганми?" Чимаев Макгрегорнинг сўзларига жавоб қайтарди 0 08:13Istanbul Open. Тимофеева ярим финалда, Кудерметова эса... 0 07:30"Реал" икки футболчисини жазолади 0 22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0

17 jan 19:08
Yangiliklar

Boks/MMA

TAVSIYA QILAMIZ: Yangi Pakyao, kichik yapon, nokautchi, jahonning eng yaxshi bokschilaridan biri Naoya Inoue bilan tanishing

Teglar :  Naoya Inoue
2023 yil oxirida Naoya Inoue qisqa vaqt ichida ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'ldi.

U Stiven Fulton va Marlon Tapalesni mag'lub etib, birinchi yarim engil vazndagi ikki jangda 4 ta kamarni qo'lga kiritdi. Endi Naoya nufuzli The Ring jurnali talqiniga ko'ra, vaznidan qati nazar eng yaxshi jangchilar reytingida Terens Kroufordan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Inoue 30 yoshda, lekin u 49 dan 55,2 kg gacha bo'lgan vazn toifalarida qatnashgan bokschi uchun ko'p va yuqori foizli (88 foiz) g'alabalarga ega.

Yaponiyalik sportchini otasi ilk bor boksga olib borgan. O'rta maktab davridanoq professionallar bilan jang qilgan. U 6 yoshida otasining mashg'ulot o'tkazib turganini ko'rib qolib, bu sport turiga ko'ngil qo'ygan. Naoyaning otasi 20 yil boks bilan shug'ullanib, 3 ta bolani ham tarbiya qilgan, hattoki havaskor boksda 2 ta jang o'tkazishga ham muvaffaq bo'lgan. O'zining kamtarona tajribasiga qaramay, SHingo Inoue hamon o'g'lining yagona ustozi bo'lib qolmoqda. 



«Boshlang'ich maktabda o'qib yurganimizda otam ham sportchi bo'lgan. Biz birga mashg'ulot o'tkazardik. Boshqa sport zaliga ko'chib o'tkanimizdan keyin ham otam unchalik qattiq mashq qilmasdi. Men qarindoshlarim va do'stlarim bilan birga zalga borardik, agar otam u erda bo'lsa mashg'ulot jiddiy bo'lar edi, mabodo yo'q bo'lsa, aksincha bo'lardi», deya eslaydi Inoue. 



Naoya tezda ulg'aydi. Hali maktabda o'qiyotgan bo'lsa ham, mamlakat chempionatida kumush medalga sazovor bo'ldi. U yarim finalda kuchli raqibni engib finalga yo'l oladi, biroq hal qiluvchi bahsda o'zidan kuchsizroq bo'lgan bokschiga kutilmaganda mag'lub bo'ladi.

Yaponiyalik Osiyo chempioni, WBC va WBO kamarlariga bo'lajak davogar Rio Akaxo, Junichiro Kaneida va Ryoti Taguchi bilan sparring o'tkazdi hamda ularni ikki raunda 3 marta nokdaun qildi. Faqatgina 16-1-1 rekordiga ega bo'lgan Taguchi bilan bahs 3 raund davom etdi. 18 yoshli Inoue 2012 yilgi Olimpiada uchun yo'llanma ham qo'lga kiritdi va Astanadagi saralash turnirining fanaliga qadar etib bordi, ammo qozoq bokschisi Birjan Jaqipovga taslim bo'ldi. Naoya havaskordagi karerasini Astanadagi musobaqadan so'ng 75-6 ko'rsatkichi bilan darhol yakunladi. 



Aqlga sig'mas natija shuki, uning 75 g'alabasidan 48 tasi muddatidan avval poyoniga etgan. Qahramonimiz 3 kunda 100 km masofa bosib o'tadi. U 2012 yil oxirida 19 yoshida professional bokschiga hamda bir yildan so'ng WBC chempioniga aylandi. Yapon sportchisiga chempionlik uchun 6 ta jang kifoya qildi, keyingi jangida ham yana bir kamarni o'ziniki qildi. Uning bunday ajoyib rekordini 5 ta jang o'tkazib chempion bo'lgan Vasiliy Lomachenko yangiladi. 


Inoue o'zining ajabtovur nokautlari orqali ko'plab muxlislarni hamon hayratga solib kelmoqda. 11 yil ichida u faqatgina 3 ta jangni to'liq o'tkazgan, xolos. Naoya Jeymi Makdonellni birinchi raunddayoq nokautga uchratgani g'alabalari orasida ajralib turadi. Sababi Jeymining bo'yi undan 11 sm uzunroq edi. Yaponiyalikning mashqlari zamonaviy emas, balki eski maktab unsurlari bo'yicha bo'lib o'tadi. U tosh otish va shinalarni urish orqali zarba berish kuchini va CrossFit arqonlari yordamida tezlikni rivojlantiradi. Inoue chidamlilik mashqlarini intervallar bilan birlashtiradi, shuningdek yuqorida aytib o'tganimizdek, 3 kunda 100 km yuguradi. Qolaversa, u zinalarga tezlik orqali chiqish hamda dvigateli o'chirilgan mashinalarni tortishni ham mashq qiladi. 

Ushbu noananaviy yondashuv tufayli Naoya raqiblarini hatto sparringda 16 unciyalik qo'lqoplarda ham, 10 unciyalik qo'lqoplarda ham nokdaun holatiga tushiradi. Inoue, shuningdek, uning panjalari va kamzulida ishlab chiqilgan ajoyib dizayni bilan ham ajralib turadi. SHuning uchun u eng yopiq bloklarni ham yorib o'tadi. Misol uchun, mutlaq chempionlik uchun birlashtiruvchi kurashda yaponiyalik bokschi kuchli himoyasi orqali tanilgan Pol Batlerni nokautga uchratdi. O'sha jangdan so'ng Pol uni «o'yinchilarning Kanelosi» deb atadi. Naoya qisqa vaqt ichida umumiy chempionlikni qo'lga kiritdi, P4P reytingida ikkinchi o'ringa joylashtirildi.



Butunjahon boks superseriyasida g'olib chiqqan qahramonimiz Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi va shundan so'ng barcha janglari muddatidan avval yakunlanmoqda. U har qanday darajadagi va vazndagi raqiblarga shafqatsizlarcha munosabatda bo'lmoqda hamda Menni Pakyaoning merosxo'ri sifatida ko'rilmoqda. Bundan tashqari Naoya AQSHning Las-Vegas shtatida istiqomat qiladi, u erda yashovchi ko'plab yaponlar uni ko'rishga borishadi. Lekin Inoue Amerikada bor-yo'g'i 2 ta jang o'tkazgan, qolgan janglari esa o'zi vatanida bo'lib o'tgan. «Yaponiya iqtisodiyoti Filippinikidan farqli o'laroq, juda kuchli. Naoya Yaponiyada ko'p jang qiladi, chunki u erda u katta yulduz. SHunday ekan, men boshqacha yo'l tutishim kerak», deb tushuntirdi Top Rank rahbari Bob Arum. 



Inouening faoliyatidagi eng mashhur raqib Nonito Doneyr hisoblanadi. Ular ikki marotaba o'zaro jang qilishgan. Birinchi uchrashuv Super Series finalida bo'lib o'tgan. O'shanda ushbu jang yapon bokschisi uchun qo'rqinchli tushga aylangandi. Uni ikkinchi raunda ko'z bo'shlig'ining burni va orbital suyagi singan edi. «Ikkinchi raundda men ikki raqibni ko'rdim, Doneyr ko'zimga juft bo'lib ko'rindi va men instinktni ishga soldim», deya xotirlaydi Naoya. Ammo yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan «Yangi Pakyao» g'olib deb topildi. Revansh jangi esa uzoqqa cho'zilmadi, Inoue ikkinchi raundga kelib, Nonitoni nokautga uchratdi va o'sha duelda Doneyr faoliyatidagi eng sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldi.



Qahramonimiz o'z janglarini Yaponiyada o'tkazishi uning ko'tarilishini sustlashtirib qo'ymadi. 2022 yilda u engil vaznda, 2023 yilda birinchi yarim engil vaznda jahon chempioniga aylandi. Naoya ikkinchi mutlaq jahon chempionligi uchun ikki marta jang o'tkazdi. Dastlab u  WBC va WBO yo'nalishlari bo'yicha chempion Stiven Fultonni, 2023 yilning dekabr oyida esa WBA va IBF kamarlariga ega bo'lgan Marlon Tapalesni «er tishlatdi». SHunday qilib, Inoue bir yillik interval bilan ikki divizionda mutlaq jahon chempioni bo'ldi. P4P reytingida u Kanelo Alvares, Aleksandr Usik va Tayson Fyuridan yuqori pog'onadan o'rin olgan.


Xorijiy saytlar asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing