26 jan 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson 33 yil oldingi ish bo'yicha ayblanmoqda
Boks afsonasi Mayk Tayson 1990 yilda qilingan ish bo'yicha gumon qilinmoqda.
Gap Nyu-Yorkda sodir bo'lgan voqea haqida ketmoqda. Taysonni ayblagan ayol bokschi unga limuzinida hujum qilganini aytmoqda.
"Men Taysonning limuziniga dugonamni uyidan olib ketish uchun o'tirdim. Tayson darhol teginishni boshladi va meni o'pmoqchi bo'ldi. Unga bir necha marta yo'q dedim va undan to'xtashni so'radim. Lekin, u menga hujum qilishda davom etdi", - deya eslaydi jabrlanuvchi.
1992 yilda Tayson qizni zo'rlashda ayblangan edi. Bokschi aybdor deb topilib, uch yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar