27 jan 16:11
Yangiliklar
Tayson Fyuri Aleksandr Usik bilan janglarini siyosiy qaror deb atadi
U Deontey Uaylder va Vladimir Klichko bilan bo'lgan to'qnashuvlarni eslab, divizion nokautchilariga qarshi chidamliligini takidladi.
SHuningdek, "Lo'lilar qiroli" Aleksandr Usik bilan bo'lgan janglar natijalariga yana shubha bildirdi va hakamlar qarorlarini siyosiy deb atadi.
"Qaytishim qanday kechishini ko'ramiz! Eski maqol bor: jo'jalarni tuxumdan chiqmasidan sanamang.
Men katta pancherlarni yutaman — tarixdagi eng kuchli pancher bilan eng yaxshi davrimizda uch marta jang qildim, ikkalamiz ham mag'lubiyatsiz edik! SHuningdek, ettinchi raqamli Vladimir Klichkoni ham mag'lub etdim. Usikni ikki marta engdim, ammo har ikkisida ham g'alaba qo'limdan tortib olindi. Siyosat", — dedi Fyuri Sky Sports’ga.
Fikrlar