21 iyu 12:17
Yangiliklar
Tayson Fyuri faoliyatidagi eng qiyin jangni aytdi
Superog'ir vaznda amaldagi WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi uchinchi jangi faoliyatidagi eng qiyini bo'lganini tan oldi.
"O'ylashimcha, Uaylderga qarshi uchinchi jangim faoliyatimdagi eng qiyin va murakkabi bo'lgan. Ha, Deonteyga qarshi trilogiya! O'shanda biz bir-birimizni yo'q qilish uchun urush maydoniga kirgandik. U ikki bor meni nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. Men esa bu ishni uch marotaba amalga oshiridim va 11-raundda nokautga uchratib qo'ya qoldim. Jahannam jangi edi bu", — deya britaniyalik chempionning so'zlarini keltiradi DAZN.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va Uaylder o'rtasidagi ilk jang 2018 yilning dekabr oyida bo'lib o'tgandi. O'shanda jang ko'pchilikning etiroziga sabab bo'lgani holda durang natija bilan yakunlangan edi. 2020 yilning fevralida o'tgan ikkinchi jangda Tayson ettinchi raundda amerikalik nomdor raqibini nokautga uchratdi. 2021 yilning oktyabridagi trilogiyada esa Fyuri 11-raundda jangni o'z foydasiga hal qilgandi.
Fikrlar