24 apr 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri faoliyatini engilmas chempion sifatida yakunladi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri hamyurti Dillian Uaytga qarshi kechgan himoya jangidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
"Rafiqamga 14 yildan keyin ringga qaytmayman deb vada bergandim va buni amalda bajaraman. Men barchangizni yaxshi ko'raman. Hammaga rahmat! Menga "Uembli"da minglab muxlislar ko'z o'ngida jang qilish yoqdi. Iliq qabul uchun rahmat, Buyuk Britaniya", — dedi Tayson Fyuri jangdan keyin.
Eslatib o'tamiz, Fyuri kecha oqshom Londonda vatandoshi Dillian Uaytni oltinchi raundda nokaut evaziga mag'lub etgan va chempionlik kamarini munosib himoya qilgan edi. Bu Taysonning 33-jangidagi 32-g'alabasi bo'ldi. Deontey Uaylderga qarshi jangda durang natija qayd etilgandi. Dillian esa 31-jangida uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar