21 apr 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri - faoliyatini yakunlash haqida: "Men ketyapman"
WBC yo'nalishiga ko'ra jahon chempioni Tayson Fyuri hammyurti Dillian Uayt bilan jangdan so'ng faoliyatini yakunlashini malum qildi.
"Men hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas. Bilaman, hech kim menga ishonmaydi. Hamma meni faqat pul uchun shu erda deb o'ylaydi. Pul men uchun hech qanday ahamiyatga ega emasligini ozchilik biladi. Men ketyapman. Menda isbotlaydigan xech narsa yo'q. Qilishim kerak bo'lgan ishni bajardim. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar, yaxshi jang o'tkazib, keyin uyga qaytaman", - dedi Fyuri Top Rank Boxing You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tish joiz, Fyuri va Uayt o'rtasidagi jang 23 aprel kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar