20 mar 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/30630_220.jpg)
Tayson Fyuri kamarlarni himoya qilish bo'yicha Klichkoni ortda qoldirmoqchi
Britaniyalik superog'ir vaznli bokschi chempionlik kamarlarni himoya qilish bo'yicha rekordni yangilamoqchi.
Bungacha Jo Luis 26 marotaba, Vladimir Klichko esa 25 marotaba o'z kamarini himoya qilgan. Tayson Fyuri ukrainalik bokschini ortda qoldirib, Luisning rekordini yangilamoqchi. Fyuri buning uchun 10 yil kerak bo'lishi haqida ham gapirdi.
"Sizga rejalarimni malum qilishim kerak. Maqsadim kamarlarni himoya qilish bo'yicha Jo Luisning rekordini yangilash. Vladimir Klichko bu rekordni deyarli takrorlagandi, ammo, men uni mag'lubiyatga uchratdim.
Buning uchun oldimda 10 yil bor. Agar yiliga 3-4ta jang o'tkazganimda ham rekordni takrorlashim mumkin.
Bu oson emas, ammo men doimo o'z oldimga mana shunday maqsadlarni qo'yaman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar