08 iyu 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Makgregor - Pore jangi uchun taxmin bildirdi
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuri ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor va engil vazn sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Pore ishtirokidagi uchinchi jang uchun taxmini haqida gapirdi.
"Menimcha, bu safar Makgregor g'alaba qozonadi. U qattiq mashg'ulot qildi va isbotlash uchun unda juda ko'p narsa bor. Bu ko'rishga arziydigan ajoyib voqea bo'ladi. O'tkazib yubormang!" - deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltiradi Mirror.
Malumot uchun, Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang Toshkent vaqti bilan 11 iyul kuni tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar