19 may 09:30
Yangiliklar
Tayson Fyuri: "Men bu jangda yutqazmadim"
Turnirning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida endilikda sobiq WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri hamda qolgan barcha kamarlar sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasida o'tkazildi. Mutlaq jahon chempionligi uchun 12 raund to'liq davom etgan jangda Usik hakamlarning ayri (115-112, 114-113,113-114) qarori bilan g'alaba qozondi. Hakamlardan ikki nafari Usik, biri Fyuri g'alaba qozonganini qayd etdi.
Jangdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida faoliyatidagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgan Fyuri o'z fiklarini bildirar ekan, bu oqshom yutqazmaganini takidladi.
"Ishonchim komil, bu jangda men g'alaba qozondim. Usikning yurtida urush bo'lyapti. Tabiiyki, odamlar uni qo'llab-quvvatlash uchun ham unga yon bosishadi. G'alabani Usikka berishganini asosiy sababi ham shu. Lekin biz oktyabr revanshda yana ko'rishamiz", - dedi Fyuri.
Fikrlar