13 apr 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri: "Menga maktab o'quvchilari qiziq emas!"
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri rossiyalik Arslanbek Mahmudovni mag'lub etganidan so'ng, keyingi raqiblari kim bo'lishini istashini aytdi.
"Maktab bolalari bilan urishib nima qilaman? Meni Daniel Dyubua ham, Mozes Itauma ham qiziqtirmaydi. Menga Entoni Joshua kerak. Aks holda, Aleksandr Usik bilan trilogiya o'tkazaman, lekin men halol o'yinni xohlayman", - dedi Fyuri jangdan keyingi matbuot anjumanida.
Mahmudovga qarshi jangda britaniyalik bokschi professional faoliyatidagi 35-g'alabasini qo'lga kiritdi. Nokaut evaziga yutgan janglari 24 taga etdi. "Lo'lilar qiroli" hisobida ikkita mag'lubiyat va bitta durang ham bor.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar