26 fev 14:27
Yangiliklar
Tayson Fyuri: "U xavfli raqib"
"Menimcha, bu ajoyib jang bo'ldi. Avval aytganimdek, bu yigit xavfli raqib. Bu esa mening diqqatimni jamlashimni anglatadi. Agar men unchalik qo'rqmaydigan, menga qiziq bo'lmagan jangchi bilan to'qnash kelsam, unda men uchun motivaciyani saqlab qolish ancha qiyin bo'ladi.
Ammo agar siz Arslanbek kabi ulkan zarbachiga duch kelsangiz... Jangni bitta zarba bilan tugata oladigan bokschi... Ko'rdingizmi, u dastlabki raundlarda taxminan 14-15 ta nokaut qayd etgan... Men hech kimning nokaut orqali g'alaba qozongan janglari ro'yxatida bo'lishni istamayman. SHuning uchun ko'p ishlashim, tayyorgarlikka o'zimni bag'ishlashim, diqqatimni jamlashim va yig'indagi barcha muammolarni hal qilishim kerak bo'ladi. Keyin mendan nima qolganini ko'ramiz", deydi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyurining Arslanbek Mahmudov bilan jangi 11 aprel kuni Londondagi Tottenxem stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar