14 dek 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Uaylder yana chempion bo'lishini aytdi
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri o'zining sobiq raqibi Deontey Uaylderni qo'llab-quvvatladi va boksdagi faoliyatini davom ettirishga chaqirdi.
Avvalroq Deontey Uaylder faoliyatini davom ettirish borasida ikkilanayotganini malum qilgandi.
"Meni aralash hislar o'rab olgan. Umuman olganda men boksda barcha natijalarga erishib bo'ldim. Men chempion bo'laman deb o'zimga vada bergandim va buni bajardim. Hozir ringga qaytib chiqish yoki o'zim yoqtirgan boshqa ishlar bilan shug'ullanish haqida bosh qotirmoqdaman", - deydi Deontey Uaylder.
Ushbu so'zlarga Tayson Fyuri javob qaytardi.
"Deontey Uaylderga mening maslahatim: jang qilishda davom et, chempion, shunda hammasiga erishasan. Ishonamanki, Deontey superog'ir vaznda yana chempion bo'la oladi. Men bunga ishonaman", -deydi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : talkSport
Fikrlar