23 jan 18:20
Yangiliklar

Tayson Fyuri: "Usik bilan to'qnashuv - asr jangi bo'ladi"
"Bu to'qnashuv - asr jangi bo'ladi. Yodingizda bo'lsa, Muhammad Alining Jo Freyzerga qarshi jangini ham asr to'qnashuvi sifatida etirof etishgandi. Undan oldin esa Jek Dempsi va Jin Tanni o'rtasidagi bahsni ham shunday atashgan. Ular Bostonda jang qilishgan va u erda tashrif bo'yicha rekord o'rnatilgan.
Bu ham Ali - Freyzer jangi kabi asr to'qnashuvi bo'lgandi. Endi esa Tayson Fyuri va Aleksandr Usik jangi shunday bo'ladi. Bu superog'ir vazn toifasida to'rtta kamar uchun o'tkaziladigan ilk jang bo'ladi. Bungacha xech kim bunaqa jang o'tkazmagan.
Ha, superog'ir vazn toifasida mutlaq chempion bo'lgan. Ammo u to'rtta kamarga ega chiqmagan. Bu superog'ir vazn toifasidagi mutlaq chempion to'rtta kamarga ega bo'ladigan asr jangi bo'ladi.
Biz ikki engilmas chempionmiz. Men ikki karra, u ikki karra chempionmiz. Bu qiziq jang", - dedi Tayson Fyuri.
Avvalroq Usik va Fyuri o'rtasidagi jang 2023 yilning birinchi yarim yilligida o'tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar