05 may 11:39
Yangiliklar
Tayson Fyuri Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga etib keldi + FOTO
Britaniyalik bokschi 18 may kuni Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni, ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, 35 yoshli Tayson Fyuri o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida kamerunlik MMA jangchisi, sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi o'tkazib, hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan edi. Tayson professional boksda 34 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan (24 tasi nokaut bilan). Hisobida bitta durang bor.
Ukrainalik 37 yoshli Aleksandr Usik esa o'tgan yilning avgustida britaniyalik Daniel Dyubuani 9-raundda texnik nokautga uchratib, o'z kamarini majburiy davogardan himoya qilgandi. U ham barcha 21 ta jangida g'alaba qozongan (14 tasi muddatidan oldin).
Fikrlar