14 jan 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuriga amerikalik bokschi bilan jang qilish taklifi berildi
Prof boksning super og'ir vaznidagi sobiq chempion Tayson Fyuri keyingi jangi uchun taklif oldi.
Sky Sports xabariga ko'ra, amerikalik og'ir vazn toifasidagi Brendon Mur Fyurining potencial raqibi bo'lishi mumkin.
Jangni tashkil etish tashabbusi Brendonning promouteri Dmitriy Salitadan kelib chiqqan bo'lib, u Tayson jamoasi bilan muzokaralarni boshlashga qiziqish bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyurining so'nggi jangi 2024 yil dekabr oyida Aleksandr Usikka qarshi bo'lgandi. Jangda Usik ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar