25 dek 17:51
Yangiliklar
Tayson Fyuriga faoliyatini yakunlashni maslahat berishdi
Bispingning aytishicha, britaniyalik bokschi zudlik bilan faoliyatini yakunlashini kerak. Britaniyalik bokschi 21 dekabr kuni WBC, WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usikka ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. U faoliyatidagi ikkala mag'lubiyatini aynan Usikdan qabul qilib olgan.
"Ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan keyin Fyuri faoliyatini yakunlaydimi? SHaxsan men unga shuni maslahat bergan bo'lardim. CHunki, unda isbotlashi kerak bo'lgan narsaning o'zi qolmadi. U boksda erishgan natijalari bilan faxrlansa arziydi. Yaxshigina pul ishlab oldi. Britaniya professional boks tarixidagi eng yaxshilaridan biriga aylandi", — deya Bispingning so'zlarini keltirmoqda MiddleEasy.
Fikrlar