14 apr 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuriga ogohlantirish berishdi: u xibsga olinishi mumkin
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Tayson Fyuri narkoguruh boshlig'i bilan aloqa o'rnatgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Britaniya rasmiylari bir necha bokschi, shu jumladan Tayson Fyuriga ham Irlandiyadagi jinoiy guruh rahbari Deniel Kinaxan bilan aloqalarni uzishni tavsiya qildi. Aks holda ular sherik sifatida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Kinaxan MTK Global promouterlik kompaniyasi asoschisi hisoblanadi. Tayson Fyurida ushbu kompaniya bilan shartnoma bor. SHuningdek, bokschi fevral oyida Dubayda Kinaxan bilan birga ko'rinish bergan.
Avvalroq, Kinaxanning Amerikadagi 5 million dollarlik aktivlari muzlatilgandi. Uni tutishda yordam berganlarga shuncha miqdorda mukofot puli ham vada qilingan.
Havola :
Manba : The Times
Fikrlar