11 avg 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyurining yangi tug'ilgan farzandi jonlantirish bo'limiga tushib qoldi + FOTO
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri oilasida oltinchi farzand dunyoga kelgandi.
Bu haqida britaniyalik bokschining o'zi "Instagram" sahifasida xabar bergan edi. Qizaloqqa Afina deb ism berishgandi. Kecha esa chaqaloq shifoxonaning jonlantirish bo'limiga ko'chirilgan.
"Afinani intensiv terapiya bo'limiga olishdi. Iltimos, u uchun duoda bo'linglar", — deya surat ostida izoh qoldirgan Fyuri.
Tayson uch qiz va uch o'g'ilning otasi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar