09 apr 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36651_220.jpg)
Tayson: "Joshua-Uaylder jangida kimdir nokaut bo'ladi"
Boks afsonasi Mayk Tayson Entoni Joshua va Deontey Uaylderlar haqida fikr bildirdi.
"Joshua mutloq jahon chempioniga aylanmoqchi. Ammo, uning Parkerga qarshi o'tkazgan so'nggi jangi menda yorqin taassurot qoldirgani yo'q. Uaylder esa kuchayib bormoqda. Uning so'nggi jangi menga yoqdi. Ular o'rtasidagi jang qanday yakun topishi mumkin? Nokaut bo'ladi", - dedi Tayson.
Entoni Joshua va Deontey Uaylderlar o'rtasidagi jang shu yilning oxirida yoki 2019 yilda o'tkazilishi mumkin.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar