04 dek 12:33
Yangiliklar
Tayson va Roy Jonsga "Qizil maydon"da jang o'tkazish taklif etildi
Bu haqida Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov xabar berdi.
"Menga shu yoshda ham tezkor boks namoyish etgan afsonalarning jangi maqul keldi. Bu chegarasi yo'q boks sport turining yanada ommalashishiga yordam beradi. Ular istalgan yoshda boks bilan shug'ullanish mumkinligini isbotlashdi. Agar revansh jangini Xalqaro boks kunida "Qizil maydon"da tashkil eta olsak, bu ajoyib ish bo'lar edi. Balki, Tayson Rossiya fuqaroligini olishni istab qolar. Biz bunga tayyormiz", - deya Kremlyovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni Las-Vegas shahrida 54 yoshli Tayson hamda 51 yashar Roy Jons o'rtasidagi jang tashkil etilgandi. Sakkiz raund (har biri ikki daqiqadan) to'liq davom etgan jang durang natija bilan yakunlangan edi.
Fikrlar