So’nggi yangiliklar

09:25Афруза Ҳамдамова халқаро гроссмейстер мақомига эришди 0 09:04Ислам Махачев: "Бу даҳшатли жанг бўлади" 0 08:43Ўзбекистон - Хорватия ва бошқа 1/16 финал ўйинларининг бошланиш вақти маълум 0 08:22PWL 11 турнири Ўзбекистонда ўтказилиши мумкин 0 08:01ATP Finals. Дунёнинг биринчи ракеткасида қийин ғалаба 0 22:29Ислом бирдамлиги ўйинларининг тўртинчи кунини 7 та медаль билан якунладик! 0 20:59Футзал. Мезбон Саудия Арабистони мағлуб этилиб, Ислом бирдамлиги ўйинларининг бронза медали қўлга киритилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31ЖЧ. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Панамани 6:1 ҳисобида доғда қолдириб, кейинги босқичга йўл олди! 0 18:39Исроил Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 18:14U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз? 0 17:38UFC рейтинги янгиланди: Холлоуэй Анкалаев ва Бонфимни ортда қолдирди 0 15:46UFC раҳбарияти Муҳаммад Мокаев билан учрашув белгилади 0 15:25Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман" 0 15:04Жек Делла Маддалена: "Махачевга ўрнини кўрсатиб қўяман" 0 14:43ATP Finals. Янник Синнер ғалаба билан бошлади 0

26 fev 12:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Taysonning faoliyatidagi so'nggi g'alabasi yoxud 49 soniya davom etgan jang

Teglar :  Mayk Tayson
Bundan roppa-rosa 21 yil avval Memfisda professional boks oqshomi bo'lib o'tgandi.

Turnir davomida afsonaviy Mayk Tayson prof faoliyatidagi so'nggi g'alabasini qo'lga kiritgandi. The Ring malumotlariga ko'ra, 2000 yilning eng yaxshi bokschisi bo'lgan Klifford Eten o'sha kechada Taysonga raqiblik qilgan. Black Rhino laqabi bilan tanilgan Etenning rekordi 24-1-1’ni tashkil etardi. O'sha paytga kelib, Mayk cho'qqidan sekin asta tushayotgandi, ammo uning har qanday jangi muxlislarda katta qiziqish uyg'otar edi. Klifford bilan to'qnash kelishdan oldin Temir Mayk Lennoks Lyuisga 8-raundda nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Biroq afsona bu bilan to'xtab qolish niyati yo'q edi va u o'zidan 6 yosh kichik Etenga qarshi jang qilishga qaror qildi. Jang tarixda «Biznesga qaytish» nomi bilan tanilgan. Agar Tayson ushbu qarama-qarshilikda g'olib bo'lsa, yana chempionlik uchun imkoniyat paydo bo'lishi mumkin edi. "Duel" kuni 15 000 o'rinli “Pyramid Arena” tomoshabinlar bilan liq to'ldi. Ko'pchilik Maykning jangini jonli ko'rishni istardi, sababi uning faoliyati yakunlanib borayotganini hamma bilardi. O'zining mashhur tatuirovkasi bilan tanilgan Temir Mayk ringa birinchi bo'lib chiqib keldi. 

«Men yurakchalarni ajoyib tatuirovka deb o'ylayman. Men yurakli inson bo'lishni istayman. Bu haqiqatan ham ahmoqona ko'rinishi mumkin, ularni chizdirishga juda yaqin edim, ammo tatuirovkachi: «Men buni qila olmayman», dedi. Men unda nima qilishim kerakligini so'radim, o'shanda dovdirab qolgandim. Yigit: «Bir necha kundan keyin qaytib keling, nimadir qilishga harakat qilaman», dedi. Ikki kundan keyin uning o'zi qo'ng'iroq qildi va menbop tatu o'ylab qo'yganini aytdi. Yuzimda ko'rib turgan tatuirovkangiz ana o'sha yigitning ijod mahsuli hisoblanadi», degandi amerikalik jangchi intervyularining birida. 

Tayson va Eten o'rtasidagi to'qnashuv uzoqqa cho'zilmadi. Mayk allaqachon tanazzulga yuz tutgan bo'lsa-da, Klifford ham u qadar kuchli jangchi emasdi. «Temir Mayk» ilk soniyalardan o'ziga xos tarzda hujumga otlandi, yaqin masofani yorib o'tib, bir nechta apperkot va jeb zarbalarini yo'lladi. Eten uchun bu vaziyatdagi eng yaxshi chora, klinch edi, ammo u bunday qilmadi hamda bahsni davom ettirdi. Ikkala bokschi ham kanatlar oldida yiqilib tushgach, hakamning o'zi jangga aralashib, ularni ajratdi. Klifford Taysonning uslubiga uchdi va uning harakatlarini qo'llay boshladi. Bu katta xato edi. Eten ochiq jangga kirishib ketdi hamda kutilmaganda Taysonning dahshatli o'ng «ilgagi»ga duch keldi. SHu bilan uning «chiroqlari o'chdi». Zarba kuchidan Kliffordning tayanch oyog'i bukildi, yiqilayotgan pallada og'zidan kapani olib tashlashga ulgurdi. SHundan so'ng u o'rnidan turishga hatto harakat ham qilmadi. 

Jang hakami 49-soniyada bahsni to'xtatdi. Qiziq tomoni shundaki, ushbu nokaut amerikalik uchun eng tezkori emasdi. U 1986 yil iyul oyida Marvis Freyzerni 30 soniya ichida yo'q qilib, o'zining shaxsiy rekordini o'rnatgan edi. Bu g'alaba tez yakunlanganlari ichida Top-5`ga kirdi. Aytgancha, Maykning o'zi jangdan keyin Etenning oyoqqa turishi uchun ko'maklashdi. U raqibiga hurmat ko'rsatdi va ahvoli yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilgach, o'z burchagiga bordi. Taysonning mazkur g'alabasi muxlislarda uni yana chempionlik uchun jang qilishiga umid uyg'otdi, biroq qahramonimizning o'zi bunga shoshilmadi.


«Men o'tgan yilgidan ancha kuchliman. Biroq, o'sha paytdagidek kaltaklanishni xohlamayman. Endi ringda ko'proq mashq qilishim kerak. Tez nokautlar yaxshi, lekin menga yuqori darajada o'tkaziladigan ko'proq raundlar lozim», degandi Temir Mayk jangdan keyin. Klifford ustidan qozonilgan zafar afsonaviy bokschi uchun faoliyatidagi so'nggi g'alaba bo'ldi. Eten bilan bahsdan so'ng u bir yarim yil pauza qildi. Keyinroq Denni Uilyams va Kevin Makbraydga nokaut bilan yutqazdi va faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Maykka yutqazgach, Eten yana ikki yil boks bilan shug'ullandi, 8 ta jang o'tkazib, 5 marta zafar quchdi hamda oxirgi jangida Nikolay Valuevga imkoniyatni boy berdi. O'sha paytda 33 yoshida uning faoliyati «qirqildi», yana panjara ortiga yo'l oldi. Yoshligida qurolli talonchilik sababli dastlab 40 yilga qamalgan Klifford, 10 yildan so'ng ozodlikka chiqarilgandi. 2005 yilga kelib, u yana talonchilik bilan qo'lga olindi. Eten mashina o'g'irlash bilan birga, policiya xodimlariga qurol bilan qarshilik ko'rsatdi. Bu kabi ayblovlardan so'ng u 150 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq bu 105 yilga qisqartirildi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing