25 jan 14:02
Yangiliklar
Dzyudo
Tel-Aviv Gran-prisi. Kuchli beshlikka kirgan Matniyazova 252 ochkoga boyidi
Isroilning Tel-Aviv shahri mezbonlik qilayotgan Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bahslari yakuniga etib bormoqda.
Xabar berganimizdek, bugun to'rt nafar dzyudochimiz musobaqa medallari hamda Olimpiada yo'lidagi muhim hisoblangan qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarda ishtirok etdi. Ular orasidan eng yaxshi natijani Gulnoza Matniyazova qayd etdi.
-70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz 5-o'rin hamda qimmatli 252 ochkoni qo'lga kiritdi. Matniyazova o'tish bellashuvida irlandiyalik Megan Fletcherni mag'lub etdi. Ammo, bronza medali uchun kechgan uchrashuvda ispaniyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar