03 sen 09:17
Yangiliklar

Temirovning Toshkentda kim bilan jang qilishi malum bo'ldi
Musobaqa doirasida UFC jangchisi Ramazon Temirovning ukasi Azizbekning ham oktagonga chiqishi aytilgandi.
Liga matbuot xizmatining malum qilishicha, Azizbek Temirov Octagon 79 turnirida Qirg'iz Respublikasi vakili Irisbek Tilenov bilan to'qnash keladi.
Yodingizda bo'lsa, Azizbek AQSHning LFA Ligasi bilan shartnoma imzolagan va mart oyida ushbu tashkilot musobaqasida jang qilib, mag'lubiyatga uchragan edi. Uning hisobida jami 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor. Tilenov esa shu kungacha 7 ta jang o'tkazib, 6 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Malumot o'rnida, Octagon 79 turnirining markaziy bahsi hamyurtimiz Amirxon Alixo'jaev va qozog'istonlik Sayat Abduali o'rtasida kechadi. Jang engil vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Fikrlar