So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

25 iyu 09:48
Yangiliklar

Tennis

Tennis malikalarimizning har ikkisi Uimbldon finalida!

London shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 86 million dollarni tashkil etuvchi Uimbldon turnirining saralash bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning asosiy to'r bahslari 29 iyun kuni boshlanib, 12 iyulga qadar davom etadi. Biz uchun ahamiyatlisi, ayollar o'rtasidagi saralash turnirida mamlakatimizning ikki tennis malikasi ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Kecha ular saralashning 1/2 finalida kortga chiqishdi. 

O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva saralashning 1/2 finalida WTA reytingida 144-o'rinda borayotgan ukrainalik Veronika Podrezga qarshi bahs olib bordi. To'qson besh daqiqa davom etgan uchrashuvda saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz ortiqcha qiyinchiliksiz raqibasini taslim etdi - 6/4, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Eys zarbalari bo'yicha kichik ustunlik Mariya tomonida bo'ldi - 2 ga 1. Mariya ayni paytda WTA reytingida 92-o'rinni egallab turibdi.  

Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova ham saralashning hal qiluvchi finaliga yo'l oldi. Saralash turnirida 11-raqam ostida tasniflangan Polina 1/2 finalda WTA reytingida 320-pog'onadan joy olgan amerikalik Klerve Ngunuega qarshi kortga chiqdi. Bor yo'g'i 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Kudermetova 6/1, 6/2 hisobida zafar quchdi. Polina 3, Klerve 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar bo'yicha AQSH vakilasi mutlaq "ustunlik" qildi - 4 ga 0. Polina Kudermetova ayni paytda dunyoning 116-raketkasi bo'lib turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 

Bugun har ikki tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi saralashning final bahsida kortga chiqadi. Mariya Timofeeva britaniyalik 34 yoshli Xezer Uotsonga, Polina Kudermetova esa rossiyalik Alina CHaraevaga qarshi kortga chiqadi. Uotson WTA reytingida 491, CHaraeva esa 120-o'rinni egallab turibdi Har ikki tennischimiz ishtirokidagi uchrashuv bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing