05 okt 16:39
Yangiliklar
Tennis
Tennischi Aleksandra Barmicheva J200 Istanbul turnirida chempion bo'ldi
O'zbekiston vakilasi Aleksandra Barmicheva Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J200 turnirining yakkalik bahslarida chempionlikni qo'lga kiritdi.
Barmicheva musobaqa davomida bir qator kuchli raqiblarni mag'lub etdi. CHorak finalda u turnirning birinchi raqamli saralangan tennischisi, o'smirlar jahon reytingida 83-o'rinda borayotgan turkiyalik Ayshe Balga qarshi bahs olib bordi. Hamyurtimiz dastlabki setni 3:6 hisobida boy berganiga qaramay, keyingi ikki setda 6:3, 6:4 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
Turnir boshlanishidan oldin Barmicheva ITF o'smirlar jahon reytingida 278-o'rinni egallab turgan edi.
Istanbuldagi chempionlik unga 200 reyting ochkosi olib keladi. Natijada o'zbekistonlik tennischi navbatdagi reyting yangilanishida yuqorilashi kutilmoqda.

Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar