10 dek 14:04
Yangiliklar
Tennis
Tennischi Kudermetova O'zbekiston terma jamoasi safiga ko'chib o'tmoqda
O'zbekiston tennis bo'yicha yana bir legionerni mahalliylashtirmoqda.
Bu haqida Olamsport.com sayti jurnalisti Aziz To'xtamurodov o'z telegram kanalida malum qildi.
"Mendagi malumotlarga qaraganda, rossiyalik Polina Kudermetova tez orada O'zbekiston sharafini himoya qilishni boshlaydi.
U dunyo reytingida 9-o'ringacha ko'tarilgan Veronika Kudermetovaning singlisi.
O'zbekistonga ko'chib o'tayotgan Polinaga keladigan bo'lsak, u 2003 yil Moskvada tug'ilgan. Dunyo reytingidagi eng yaxshi natijasi 54-o'rin. O'zbekistonlik murabbiy Ravshan Sultonov qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazadi", - deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar