19 noy 20:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Teofimo Lopes nega Lomachenkoni nokaut qila olmagani haqida gapirdi
Engil vazndagi mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes nega Lomachenkoni nokaut qila olmagani borasidagi savolga javob berdi.
"Men uni nokaut qilishni rejalashtirgan edim. Ko'pchilik Lomachenkoni ertaroq hujumga o'tmaganini tanqid qildi. Ammo, u hujumga o'tganda nokaut bo'lishi mumkinligini bilardi. U faollik qildi, lekin ochiq jang u uchun havfli edi.
Oxirgi raundlarda u faollikni oshirdi. Men bu nokaut uchun imkoniyat ekanligini bildim. 12-raundda qon ketayotganligi sabab referi jangni to'xtatdi va u biroz nafas rostlab oldi. Agar bu holat bo'lmaganda, men uni nokaut qilishim mumkin edi. U esa jang oxirigacha bir amallab oyoqda turishni epladi", -dedi Teofimo Lopes.
Havola :
Manba : SNOWQUEENLA
Fikrlar