12 sen 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Teofimo Lopes o'zini boshqa vaznda sinab ko'rishini aytdi
WBA, IBF va WBO chempioni Teofimo Lopes boshqa vaznga o'tish istagini bildirdi.
Bokschining fikricha, u engil vaznda barchasiga erishib bo'ldi, endigi maqsad esa birinchi yarimo'rta vazn (-63.5 kg).
"Men engil vaznda barchasini qilib bo'ldim, bu aniq. Endigi navbat birinchi yarimo'rta vaznga. O'zimni yangi vaznda ham ko'p narsaga qodir ekanligimni isbotlash va oldinga harakat qilishda davom etishim kerak.
Lomachenko bilan yana jang qilishdan mano yo'q. Oldinga qadam tashlash kerak. Men hamma engilmas deb atagan yigitni mag'lub qildim, u esa ortga chekindi", - dedi Teofimo Lopes.
Eslatib o'tamiz, Teofimo Lopes 2020 yilning oktyabr oyida Vasiliy Lomachenkoni mag'lub qilib, chempionga aylangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar