12 avg 14:20
Yangiliklar
Teremoana: "O'zbekistonlik Olimpiada chempioni mendan mushukdek qochib yurgan"
"Ular meni ikki raunddan nariga o'ta olmagan, deb aytishdi. Menimcha, bu gap to'g'ri: men bilan jang qilish uchun chiqqanlarning hech biri ikki raunddan nariga o'tmagan. Uch raundga etib borgan yagona odam esa mushukdek qochib yurgan — hammaga malum bo'lgan o'zbekistonlik oltin medal sohibi. U mendan qochib, uch raundgacha etib borgan yagona jangchi.
Ikki raund masalasida aytadigan gapim shu: jang qilish uchun keling — sizni nokautga uchratishadi. Menga qarshi chiqing. Men kelyapman", - dedi Teremoana.
Malumot uchun, avstraliyalik bokschi shu kungacha professional boksda o'tkazgan 11 ta jangida hech bir raqibini uchinchi raundgacha olib bormay mag'lubiyatga uchratgan. Uch raund men bilan jang qilgan yagona bokschi o'zbek deganda u aynan Bahodir Jalolovni nazarda tutgan.
Eslatib o'tamiz, Teremoana hamyurtimiz Bahodir Jalolovga qarshi prof ringda jang o'tkazish va havaskor boksdagi ikki mag'lubiyati uchun revansh olish istagida ekanini bir necha bor aytgan edi. Jalolov Parij Olimpiadasining chorak finalida aynan Teremoanani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.

Fikrlar