So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

31 dek 11:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Terens Krouford faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi

Besh vaznda sobiq jahon chempioni, yaqinda faoliyatini yakunlaganini elon qilgan 38 yoshli Terens Krouford faoliyatidagi eng qiyin raqibi kim bo'lganini ochiqladi.

Bu Errol Spens yoki mutlaq jahon chempionligi uchun jangda mag'lub etilgan Saul "Kanelo" Alvares emas. Amerikalik o'z faoliyatidagi eng qiyin raqib sifatida kubalik taniqli bokschi, Olimpiada chempioni, ikki vazn toifasida jahon chempioni Yuriorkis Gamboani aytdi. Krouford uni 2014 yil iyun oyida WBO engil vazn toifasidagi kamarining birinchi himoyasida to'qqizinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgandi.

"Gamboa. Bu jang engil vazn toifasida bo'lgandi", - dedi Krouford taniqli bloger Eydin Rossning strimida.

SHuningdek, engil, birinchi yarim o'rta, yarim o'rta, birinchi o'rta va ikkinchi o'rta vazn toifasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan amerikalik bokschi faoliyatining boshida engil vaznda ishtirok etish juda qiyin bo'lganini tan oldi.

"Men gavda jihatidan hozirgisidan kichikroq edim, lekin bu vaznni yig'ish uchun o'zimni qiynadim. Birinchi yarim o'rta vaznda ham xuddi shunday bo'ldi", - deya tan oldi Krouford va ikkinchi o'rta vaznni o'zi uchun eng qulay deb atadi.

Ushbu vaznda Krouford joriy yilning sentyabr oyida atigi bitta jang o'tkazgan. U Saul "Kanelo" Alvaresni mag'lub etib, undan ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvonini tortib olgandi. Bu Kroufordni uchta vazn toifasida tarixdagi yagona mutlaq jahon chempioniga aylantirdi. 

Yaqinda Terens Krouford faoliyatini yakunlaganini elon qildi. U intervyuda Alvares bilan revansh haqida hech qanday taklif bo'lmagani va faoliyatini davom ettirish uchun sabab ko'rmayotganini aytdi.

"Yo'q. Hech qachon, - dedi Krouford revansh takliflari haqida. - Bu ish yopilgan. Agar shartnomada revansh sharti bo'lganida, unda men uni bajarishim kerak edi, lekin hammasi tugadi. Endi mening isbotlaydigan va erishadigan narsam qolmadi.

Malumot uchun, 2024 yilning avgust oyida Isroil Madrimov va Terens Krouford o'rtasida chempionlik jangi tashkil etilgan edi. O'shanda 12 raund to'liq davom etgan jangda amerikalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing