02 apr 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford qaysi bokschi o'zidan buyukroq ekanligini aytdi
Uch vazn toifasida mag'lubiyatga uchramagan sobiq mutlaq jahon chempioni amerikalik Terens Krouford shu mazmunda berilgan savolga javob berdi.
Krouford afsonaviy vatandoshi Muhammad Aliga hurmat bajo keltirdi.
"Yo'q, men tarixdagi eng buyuk bokschi emasman. Men yaqingacha o'zimni eng zo'ri deb hisoblardim, ammo tarixdagi eng buyugi - Muhammad Ali!", - deya Kroufordning so'zlarini keltiradi Boxing News portali.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Terens Krouford professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi. U 42-0 rekordi bilan mag'lubiyatsiz bokschi sifatida sportni tark etdi. U uchta vazn toifasida tarixdagi birinchi mutlaq jahon chempionligiga erishgan bokschi bo'ldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar