14 sen 10:48
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Terens Krouford Saul Alvaresni mag'lubiyatga uchratib, mutlaq chempionga aylandi
AQSHning Las-Vegas shahrida katta professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
			Kechaning markaziy jangida jahon boksi yulduzlari Saul Alvares va Terens Krouford o'zaro to'qnash keldi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Jangning asosiy qismida Terens Krouford ustunlikka erishdi.
Hakamlar qaroriga ko'ra, Terens Krouford jangda ochkolar evaziga (116-112, 115-113, 115-113) g'alaba qozondi va mutlaq chempionga aylandi.
Bu orqali Krouford Saul Alvaresga tegishli ikkinchi o'rta vazndagi barcha kamarlarni tortib oldi.




            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar