23 may 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford Usik - Verxuven jangi uchun taxmin berdi
Uchta vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford bugun o'tkaziladigan ukrainalik Aleksandr Usik va niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxuven jangi haqida gapirdi.
Ushbu jang Misrning Giza shahrida bo'lib o'tadigan katta boks kechasining asosiy voqeasi bo'ladi.
"Biz Aleksandr bilan tanishgan kunimizdan boshlab bir-birimizni hurmat qilamiz. SHanba kuni uni qo'llab-quvvatlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutaman. O'ylaymanki, u ringga chiqadi va xohlagan ishini qiladi. Riko avvaliga qiyinchilik tug'diradi, lekin Usik uni tezda hal qiladi. Aleksandr Londondagi Olimpiya o'yinlari chempioni bo'lganidan, superog'ir vazn toifasiga o'tganidan va Fyurini mag'lub etganidan beri bosim ostida. Va u bu bosimga o'rganib qolgan", - dedi Krouford The Ring jurnaliga bergan intervyusida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar