So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

08 apr 13:49
Yangiliklar

Sport kurashlari

Terma jamoa bosh murabbiyi karantinni qanday o'tkazmoqda?

Bugungi sinovli kunlarda barchamizdan masuliyatni har qachongidan ikki barobarga oshirish, hukumatimiz tomonidan tavsiya etilayotgan extiyot choralariga to'liq rioya qilishimiz talab etiladi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan hozirgi karantin holatida davlat va nodavlat jamoat tashkilotlari, turli muassasalar o'z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda olib borishyapti. Barchamizdan uyda qolish so'ralmoqda. Zero, faqat shu yo'l orqaligina tezroq koronavirus balosidan qutulish mumkin.  

Xususan, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasida ham ish to'xtab qolgani yo'q. Bugungi axborot texnologiyalari yashin tezligida taraqqiy etib borayotgan zamonamizda associaciya rahbariyati, xodimlar, murabbiylar faoliyati masofadan turib davom ettirilyapti. 

Jumladan, yunon-rim kurashi bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Ro'ziqulov ham associaciyaning katta oilasi uchun ochilgan maxsus telegram kanalida sportchilarimizning kunlik holatini nazorat qilib boryapti. 

"Terma jamoa azolariga uy sharoitida o'tkaziladigan maxsus mashg'ulotlar berib boryapmiz. SHifokorlar har kuni ikki mahal kurashchilarimizning salomatligi, tana harorati, qon bosimini nazorat qilishyapti. Barcha ishlar masofaviy tarzda olib borilyapti. Karantin ham biz uchun bir sinov. O'zim oilam davrasida kunlarni mazmunli o'tkazish uchun harakat qilyapman. Farzandlarim bilan turli o'yinlar o'ynayapmiz. Engil mashg'ulot o'tkazyapmiz. Masofaviy yo'lga qo'yilgan maktab darslarini birgalikda bajaryapmiz. Fursatdan foydalanib, aziz hamyurtlarimizni uyda qolishga, zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqmaslikka chaqiraman", - deydi Ravshan Ro'ziqulov.     


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing