So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

04 apr 07:08
Yangiliklar

Dzyudo

Terma jamoa shifokori: "Dzyudochilar doimiy nazoratda"

Butun dunyo aziyat chekayotgan koronavirus pandemiyasi barcha sohalar kabi sportga ham salbiy tasir o'tkazmoqda.

Ushbu balo tufayli barcha katta-kichik musobaqalar va hatto to'rt yilda bir marotaba o'tkaziladigan Olimpiada ham bekor qilindi. Mana deyarli bir oydirki, musobaqalar yo'q, sportchilar esa o'z uylarida, karantin holatida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. 

Tabiiyki, bu holatda terma jamoa murabbiy va shifokorlari zimmasiga katta masuliyat yuklanadi. Biz ayni mavzu yuzasidan terma jamoamiz shifokori Aziz Qayumovdan intervyu oldik.     

- Aziz aka, bugungidek sinovli kunlarda sportchilarimiz uy sharoitida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. Xo'sh, dzyudochilar karantinni qanday o'tkazishyapti?

- Haqiqat ham bugungi kun har birimiz uchun sinovli hisoblanadi. SHu kunlarda davlatimiz rahbari takidlaganlaridek, uyda o'tirib, karantin qoidalariga rioya qilishimiz kerak. SHunga qaramay, olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni bir zumga ham to'xtab qolmasligi zarur. Terma jamoa azolari uylarida bosh murabbiyning ko'rsatmalariga binoan o'z tayyorgarlik jarayonlarini davom ettirmoqdalar. Qolaversa, dzyudochilarimiz gigiena qoidalariga rioya qilish bo'yicha o'zlari namuna bo'lib, targ'ibot ishlarida faol qatnashishyapti. Bu murojaatlarimiz federaciyaning rasmiy telegram saxifasiga muntazam yuklanib borilyapti.

- Dzyudochilarimizning salomatligi joyidami? Ulardan hech qanday shikoyat bo'lmadimi?

- O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan taklif etilgan ko'rsatmalarga asosan kunlik gigiena qoidalariga amal qilgan holda hayot tarzini olib borishlari, tana haroratini o'lchab turishlari va shikoyatlari bo'yicha alohida tuzilgan telegram kanalga yozib borishlari takidlangan. Bu ishlarning bari amalga oshirilmoqda. SHu yig'ilgan malumotlarga ko'ra hozirga qadar terma jamoa azolari sog'-salomat.

- Ularga shifokor sifatida qanday tavsiyalar beryapsiz?

- SHifokor sifatida davlatimiz tomonidan tadbiq etilgan karantin qoidalariga rioya qilishlarini talab qilaman. SHu bilan birga gigiena qoidalarini nazarda tutgan holda hayot tarzini olib borishlarini so'rab qolardim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing