So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

03 apr 18:52
Yangiliklar

Sport kurashlari

Terma jamoa shifokori: "Sportchilar bilan masofaviy muloqot o'rnatilgan"

Butun dunyo aziyat chekayotgan koronavirus pandemiyasi barcha sohalar kabi sportga ham salbiy tasir o'tkazmoqda.

Ushbu balo tufayli barcha katta-kichik musobaqalar va hatto to'rt yilda bir marotaba o'tkaziladigan Olimpiada ham bekor qilindi. Mana deyarli bir oydirki, musobaqalar yo'q, sportchilar esa o'z uylarida, karantin holatida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. 

Tabiiyki, bu holatda terma jamoa murabbiy va shifokorlari zimmasiga katta masuliyat yuklanadi. Biz ayni mavzu yuzasidanterma jamoamiz shifokori Ulug'bek To'raboevdan intervyu oldik. 

- Ulug'bek aka, bugungidek sinovli kunlarda sportchilarimizning bari uy sharoitida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. Xo'sh, ular karantinni qanday o'tkazishyapti?

- To'g'ri aytasiz, sichqon yili hammamiz uchun ham sinovli bo'lmokda. COVID-19 aynan Olimpiada o'yinlariga to'g'ri kelib qolgani yaxshi bo'lmadi. CHunki,  sportchilarimiz Tokio-2020 Olimpiadasiga qizg'in tayyorgarlik ko'rishayotgandi. SHunga qaramay, kurashchilarimiz o'z uylarida, extiyot choralarini ko'rgan holda mashg'ulot o'tkazishyapti. Bizlar esa ularning kunlik holatidan masofaviy muloqot orqali xabardor bo'lib turibmiz.

- Sport kurashi vakillarimizning salomatligi joyidami? Ulardan hech qanday shikoyat bo'lmadimi?

- Albatta, biz har kuni telefon orqali ular bilan bog'lanib, sog'liqlari haqida, qanday shikoyatlari bor yoki yo'qligini so'raymiz. SHukurki, shu kungacha hech kimda sog'lig'i to'g'risida shikoyatlar bo'lmadi.

- Ularga shifokor sifatida qanday tavsiyalar beryapsiz?

- Birinchi navbatda karantinga to'liq rioya qilgan holda ko'chaga chiqmasliklarini aytyapmiz. Keyin shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, qo'llarini tez-tez yuvib turish, vitaminlarga boy bo'lgan taomlar, ko'kat va mevalarni istemol qilishlarini so'rayapmiz. SHuningdek, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi tomonidan telegram kanalda guruh ochilgan. Unda har bir sportchi o'zi haqidagi kunlik malumotlar - tana harorati, qanday mashqlarni bajarayotgani va hokazolarni berib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing