So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

20 mar 13:23
Yangiliklar

Tokio-2020

Terma jamoalarimiz Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

Malumki, bugungi kunda butun dunyo koronavirus bilan kurashmoqda.

Ushbu xavfli virusning tarqalishi tufayli ko'plab global voqealar va tadbirlar bekor qilinmoqda yoki qoldirildi. SHubhasiz, sport sohasi va u bilan bog'liq barcha narsalar ham mazkur epidemiya sabab xavf ostida qolgan edi. Xususan, bu yil 4 yillikning asosiy sport tadbiri bo'lmish Olimpiya o'yinlari Tokio shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Biroq koronavirus yoxud olimlar tomonidan “pandemiya” deb nomlangan xavfli virus musobaqaning o'tkazilishiga tasir qilmoqda. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Olimpiadani bekor qilish yoki kechiktirish bo'yicha muhokamalarga nuqta qo'yib, musobaqaning o'z vaqtida o'tishi bo'yicha rasmiy bayonot berdi. 

SHuningdek, XOQ barcha atletlarni Olimpiya o'yinlariga tayyorlanishga chaqirmoqda. O'zbekiston hukumati tomonidan Respublika aholisini, shuningdek, sportchilarni epidemiyadan saqlash bo'yicha zarur chora-tadbirlar ko'rilmoqda. XOQning joriyning yil 12 mart kuni bergan tavsiyasiga ko'ra atletlarni Olimpiya o'yinlariga tayyorlash davom etadi. 

SHu bilan birga, terma jamoa azolarining xalqaro sport musobaqalari va xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlaridagi ishtiroki, musobaqalar va boshqa sport tadbirlaridagi ishtiroki vaqtincha to'xtatildi.

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda sportchilarimizning tayyorgarligini maksimal darajada kuchaytirish maqsadida yig'inlar yurtimiz hududida joylashgan sport bazalarida davom etmoqda.

Hozirgi kunda akademik eshkak eshish, bo'yicha terma jamoamiz Tuyabo'g'iz suv omborida tayyorgarlik olib bormoqda. Ertadan mazkur suv havzasida baydarka va kanoechilarimiz ham yangi mashg'ulotlarga kirishadilar.

Dzyudo, taekvondo, para-taekvondo kabi terma jamoalarimiz tog'li hududlarda yig'in boshlagan bo'lsa, sport va badiiy gimnastikachilarimiz poytaxtimizdagi bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishmoqda. 

Takidlash joiz, barcha mashg'ulot maydonlari xavfsiz zonada olib boriladi. Har bir sportchi federaciya rahbarlari va tibbiy xodimlarning qatiy nazoratida bo'lib, kuniga 3 mahal qatiy belgilangan tekshiruvda bo'lishadi. 

SHuningdek, barcha sport inshootlari zarur dezinfekciyalovchi vositalar bilan taminlangan. Sportchilarga gigiena bo'yicha barcha malumotlar taqdim qilingan. SHuni alohida takidlash kerakki, barcha mashg'ulotlar karantin rejimida o'tkaziladi. Begona odamlarga kirish man etilib, barcha zarur profilaktika choralari ko'riladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing