30 noy 04:41
Yangiliklar
Dzyudo
Terma jamoamiz Abu-Dabi “Katta Dubulg'a” turniridan qaytib keldi + FOTO
Uch kun davomida BAA poytaxti Abu-Dabi shahri dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqaga mezbonlik qildi.
Murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra Ilias Iliadis boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 13-o'rinni egalladi. Rossiya terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan birinchi bo'ldi. Kuchli uchlikka Buyuk Britaniya va Mo'g'uliston terma jamoalari yakun yasadi.
Eslatib o'tamiz, Hikmatulloh To'raev (-73 kg) terma jamaomizga musobaqaning kumush, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov (-90 kg) bronza medalini taqdim etgandi. 2019 yilgi Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirida Hikmatulloh To'raev va Diyorbek O'razboev bronza medallarini qo'lga kiritishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar