26 mar 14:10
Yangiliklar
Terma jamoamiz azolari uylariga qaytishdi + FOTO
O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi qo'shma Qarorining qabul qilinishiga Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasini 2021 yilda o'tkazish bo'yicha yakuniy qarorga kelgani sabab bo'lgandi.
SHundan kelib chiqib, Toshkent viloyatining tog'li hududida joylashgan "Humson" sog'lomlashtirish majmuasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan dzyudo bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasining mashg'uloti muddatidan avval yakunlandi.
Terma jamoamiz azolari o'z uylariga qaytishdi. Endi hamma o'z uyida individual tarzda mashg'ulotlarni davom ettiradi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi, murabbiylar shtabi bu jarayonni kuzatib boradi hamda nazorat qiladi.
Fikrlar