26 jan 13:36
Yangiliklar
Dzyudo
Terma jamoamiz belgilangan reys bilan uchib keta olmadi
Avval xabar berganimizdek, dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 28-30 yanvar kunlari Portugaliya Gran-prisida ishtirok etadi.
Afsuski, kecha mamlakatimizda elektr energiyasi bilan bog'liq yuzaga kelgan vaziyat, shuningdek, Istanbul aeroportining ichki va tashqi reyslar uchun yopilishi natijasida terma jamoamiz delegaciyasi belgilangan muddat hamda reysda uchib keta olmadi. Istanbulda qalin qor yoqqanligi sababli xalqaro aeroport nomalum muddatga yopilgan.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi dzyudochilarning Portugaliyaga etib borishini taminlash maqsadida barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Katta ehtimol bilan terma jamoamiz Germaniyaning Frankfurt shahri orqali Portugaliya Gran-prisi o'tkaziluvchi Almada shahriga etib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar