05 mar 09:06
Yangiliklar

Terma jamoamiz delegaciyasi Grand Prix Upper Austria 2025 turniriga jo'nab ketdi
Dunyoning ellikdan ortiq davlati sportchilari qatnashadigan ushbu musobaqada terma jamoamiz dzyudochilari yurtimiz sharafini himoya qiladi. O'zbekiston delegaciyasi shu maqsadda Avstriyaga yo'l oldi.
Takidlash joiz, shu paytgacha -60 kg vazn toifasida faoliyat olib borgan Dilshodbek Baratov o'zini yangi vaznda sinab ko'radi. Murodjon Yo'ldoshev o'zi uchun yangi -81 kg vaznda tatamiga chiqadi.
SHuningdek, Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To'raboev o'tgan yili Tokio "Katta Dubulg'a" turnirida +100 kg vaznda ilk bor kurashgan edi. To'raboev Avstriya Gran-Prisida ham shu vaznda bahs olib boradi. Irisxon Qurbonboeva ham Toshkent va undan avvalgi turnirlarda bo'lgani kabi eng og'ir vazn toifasida kurashadi.
Terma jamoa tarkibi:
-66 kg: Dilshodbek Baratov
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev
+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov
-48 kg: Laziza Haydarova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Fikrlar