12 iyu 11:15
Yangiliklar
Terma jamoamiz Kunchiqar yurtda + FOTO
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligidagi terma jamoamiz delegaciyasi Janubiy Koreyaning Seul shahri orqali Yaponiyaning Maydzuru shaharchasiga etib bordi.
Dzyudochilarimiz Ilias Iliadis va Nellya Kiyamova murabbiyligida 19 iyulga qadar yapon dengizi qirg'oqlaridagi Kioto prefekturasiga qarashli Maydzuru shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Aynan 19 iyul kuni Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochilarimiz Tokioga yo'l olsa, mashg'ulotlarda sparring vazifasini o'tab beradigan qolgan tarkib Toshkentga qaytib keladi.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasini aynan dzyudo bahslari boshlab beradi. Musobaqaning birinchi kuni -60 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz, jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaevga muxlislik qilamiz.
Fikrlar