27 jan 10:24
Yangiliklar
Terma jamoamiz mavsumning ilk musobaqasiga jo'nab ketdi + FOTO
Yilning ilk IJF musobaqasida dunyoning 5 qitasi 42 davlatidan jami 318 (188 erkak, 130 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadi. O'zbekiston sharafini esa 11 nafar (7 erkak, 4 ayol) dzyudochimiz himoya qiladi.
Afsuski, terma jamoamiz delegaciyasi belgilangan muddatdan kechroq Portugaliyaga etib boradi. Istanbulda qalin qor yoqqanligi sababli terma jamoamiz delegaciyasi o'z vaqtida musobaqaga uchib keta olmadi. Yilning ilk turnirida qatnasha olmasligimiz ham mumkin edi. Ammo, federaciya rahbariyatining say-harakati bilan qisqa muddatda chiptalar o'zgartirildi.
Bugun tong saharda terma jamoamiz delegaciyasi Germaniyaning Frankfurt shahri orqali Portugaliyaning Almadasiga jo'nab ketdi. Bugun turnirga qura tashlash marosimi o'tkazilsa, ertaga bevosita engil vazn toifasidagi bellashuvlar bilan musobaqaga start beriladi.
Terma jamoamiz tarkibi:
Ayollar
-48 kg: Xalimajon Qurbonova
-48 kg: Gulnur Muratbaeva
-70 kg: SHohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Erkaklar
-60 kg: Bahrom Boturov
-60 kg: Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-81 kg: Ramazon Allaberdiev
-90 kg: Doston Meyliev
-100 kg: Aqlmurodbek Xudoyberdiev
Fikrlar