01 fev 13:00
Yangiliklar
Terma jamoamiz Portugaliyadan qaytib keldi FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida dzyudochilarimiz tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, federaciya rahbariyati, keng sport jamoatchiligi, OAV xodimlari xozir bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, umumiy mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etgan yilning ilk musobaqasida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar dzyudochisi ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. -73 kg vaznda kurashgan Murodjon Yo'ldoshev ushbu turnirda terma jamoamizning yagona oltin medalini qo'lga kiritdi.
Yo'ldoshevning yagona oltin medali sabab O'zbekiston Portugaliya Gran-prisida 46 davlat oraisda kuchli sakkiztalikdan joy oldi. Bizdan yuqorida joylashgan Belgiya, Moldova, Braziliya va Xorvatiya terma jamoalarida ham bir nafardan chempion bor.
Fikrlar